Flat Preloader Icon Loading...

«Bitiruvchi -2024” matbuot anjumani

lbhtrnjhkfh

Joriy o‘quv yilining yakunlanish arafasida TDTU Olmaliq filialida filial rahbariyatining shahrimizdagi 24 ta umumiy o‘rta maktablarning direktorlari bilan “Bitiruvchi -2024” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanida filial direktori A.Samadov filial faoliyati hamda filialga biriktirilgan Olmaliq shahri va yondosh hududlarda joylashgan maktablar bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari xususida batafsil ma’lumot berdi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Abdiev ta’lim yo‘nalishlari va shakllari, o‘tgan yilgi va yangi o‘quv yiliga rejalashtirilayotgan qabul kvotalari, ta’lim uchun yaratilgan sharoitlar haqida, Yоshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Djamiev filialda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Anjuman davomida filial rahbariyati hamda maktab direktorlari ta’lim islohotlari, mavjud muammolarga muboqil yechimlar xususida o‘zaro fikr almashdilar.

Shundan so‘ng maktab direktorlari Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetining o‘quv va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishtirildi. Yangi zamonaviy laboratoriya jihozlari haqida ma’lumotlar berildi.

Matbuot anjumani davomida oliy ta’lim va umumiy o‘rta maktablar integratsiyasini yanada rivojlantirish davlatimizning ta’lim tizimi oldiga qo‘yayotgan asosiy talabi ekanligi, ta’lim islohotlarini samarali amalga oshirishda tizimning barcha bo‘g‘inlari hamjihatlikda ishlashi zarurligi ta’kidlandi.

Scroll to Top