Flat Preloader Icon Loading...

Filial direktori TTJda

yoto honada

🔷TDTU Olmaliq filiali rahbariyati, mas’ul xodimlari tomonidan talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning yashash sharoitlari muntazam o‘rganib borilmoqda.

🔷Kuni kecha filial direktori A.U.Samadov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.A.Djamiev, filial kasaba uyushmasi raisi N.I.Nosirov Ohangaron shahridagi Energetika va mashinasozlik fakultetiga qarashli talabalar turar joyida bo‘ldilar. Ob-havo harorati keskin pasaygan vaqtda yotoqxonadagi kommunal tizimlarning ishlashi hamda talabalarning kechki bo‘sh vaqti qanday tashkil etilayotgani bilan tanishdilar.

🔷Filial mas’ullari tomonidan talabalarning kechki bo`sh vaqtda amalga oshirayotgan ishlari, darslarga tayyorgarlik jarayoni, oshxona faoliyati o‘rganilib, yoshlar bilan samimiy suhbat ham bo‘lib o‘tdi.

Scroll to Top