Flat Preloader Icon Loading...

Filial jamoasi “Asl xazina” spektaklida

muzej 4

🔷O‘tgan asrning 20-yillarida Toshkent shahrida uchta davlat musiqali drama teatri faoliyat olib borgan. O‘zbek davlat musiqali teatri 1939 yili 14 iyulda Respublika o‘zbek musiqali komediya teatri nomi bilan tashkil qilingan va birinchi sahnalashatirilgan asar “Maysaraning ishi” edi. Bu teatr 1940 yil 11 noyabrda Muqimiy nomidagi respublika o‘zbek musiqali drama va komediya teatriga aylantirilgan.

🔷Qisqa satrlarda tarixi bitilgan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri bugun respublikamizdagi otaxon teatr jamoalaridan biridir.

🔷TDTU Olmaliq filiali jamoasi mazkur teatrning ko‘plab sahna asarlarini tomosha qilishgan. Kuni kecha filial jamoasining bir guruh a’zolari teatrning navbatdagi spektakl tomoshasiga borishdi. “Asl xazina” spektaklida ilgari surilgan g‘oya shundan iboratki, boylik orttirish va nafs ilinjida jonidan kechish, yolg‘onchilik bilan shug‘ullanish, halol mehnat qilmasdan xazinaga ega bo‘lish qoralanadi.

Scroll to Top