Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, ular orasida targ‘ibot ishlarini olib borish, fuqarolarimizning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan “Islohotlarda daxldorman” loyihasi asosida Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorlikdagi tadbir TDTU Olmaliq filialida tashkil etildi.
Konchilik ishi fakultetida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot aksiyasida Olmaliq shahar Adliya bo‘limi bosh yurist konsuli A.Aralov hamda Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi A.Alijonov va volontiyor talabalardan Z.Avduvaliyeva, M.Umbarov, Sh.Eshboyev, T.Mamadaliyev, S.Mo‘minovalar tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlarga oid huquqiy jihatlari yuzasidan seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida talabalar bilan huquqiy viktorina tashkil etilib, faol talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.