Flat Preloader Icon Loading...

Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak

deputat uchrashuv

🔷Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida jamiyat taraqqiyoti uchun ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyatning ustuvorligi haqida so‘z yuritib: – “Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur”,-deya ta’kidladi.

🔷Yig‘ilishida davlatimiz rahbari so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati TDTU Olmaliq filiali jamoasi tomonidan o‘rganildi. Tadbirda falsafa fanlari nomzodi O.Rahmatullaev “Ma’naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak” mavzusidagi taqdimot bilan jamoani tanishtirdi.

🔷Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati E.Abdurayimov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi rahbari S.Yakupbekova yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati haqida so‘zladilar.

Scroll to Top