Flat Preloader Icon Loading...

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

navoz

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram. Bu bayram qadim-qadim zamonlardan buyon elimiz ardoqlab kelayotgan, elimizni, yurtimizni ulug‘lab kelayotgan bayram.

Navro‘z zamirida olam ahlini o‘zaro totuvlik, do‘stlik va hamjihatlikka da’vat etuvchi umuminsoniy qadriyatlar mujassam. Qadriyatlarni o’zida jam qilgan ushbu bayram Olmaliq shahrida ham keng nisholandi.

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan bayram tadbirida yurtimiz hududlarining milliy qadriyatlari va urf-odatlari aks ettirilgan ko‘rgazmalar namoyishi bilan birga buyuk ajdodlarimiz va jadid bobolarimiz haqida ma’lumotlar ham taqdim etildi.

Xususan, TDTU Olmaliq filiali ham bayram tadbirida o’z milliy ko’rgazmalari, laboratoriya ishlari hamda iqtidorli talabalarning milliy kuy-qo’shiq va raqslari bilan ishtirok etishdi.

Ayniqsa, iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar sayl ishtirokchilariga bayram kayfiyatini ulashdi.

Scroll to Top