Flat Preloader Icon Loading...

Respublika ilmiy-texnik anjumani

anjuman

TDTU Olmaliq filialida “Mineral xom-ashyolar va texnogen chiqindilarni samarali qayta ishlashning muammolari, istiqbollari va innovatsion yondashuvlar» hamda «Mineral xomashyolarni qazib olish, qayta ishlashning istiqbollari yoshlar nigohida» mavzulariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi. Ushbu ilmiy anjuman shahrimizdagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri – Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 75-yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Anjumanda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti, Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti vakillari, MTTU MISiS Olmaliq filiali rahbariyati, «Olmaliq KMK» AJ soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Anjuman ochilishida TDTU Olmaliq filiali direktori, professor A.Samadov, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining rahbariyati – kombinat bosh muhandisning ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari A.Xasanov, Toshkent viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining sho‘ba mudiri Sh.Kamilova, Milliy tadqiqot texnologik universiteti “MISIS”ning Olmaliq filiali direktori F.Umarov ishtirok etib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tilashdi.

“Foydali qazilmalarni intensiv texnologiyalar asosida qazib olishning istiqbollari va innovatsion yondashuvlar”, “Mineral xom-ashyolar va texnogen chiqindilarni boyitish, kimyoviy ishlov berish hamda metallurgiya sanoatining istiqbollari va innovatsion yondashuvlari”, “Mineral xom-ashyoni qazib olish va qayta ishlashning resurs tejovchi texnologiyalariga yosh avlodning yondashuvi” va boshqa mavzular yuzasidan sho’ba yig’ilishlarida ma’ruzalar tinglanib, sanoat muammolari, taklif va yechimlar xususida muhokamalar qilindi.

Metallurgiya, geologiya sohasida faoliyat yuritayotgan ilmiy tadqiqotchilar 16-may kuni ham o‘z ilmiy ma’ruzalarini taqdim etdilar.

Scroll to Top