Flat Preloader Icon Loading...

Tadbirkor: “Biznes qiling, unda hayajon bor”

ji ilish

Joriy yilning 23 may kuni Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Savdo va sanoat palatasi, Olmaliq shahar hokimligi, TDTU Olmaliq filiali hamda Kambag‘allik qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasasi bitiruvchi kurs talabalari uchun “Biznes-yoshlar nigohida” hamda “Davlat xizmatlari yoshlar nigohida” mavzulari ostida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirning birinchi qismida “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yili” munosabati bilan shahrimizda faoliyat olib borayotgan “Vintage denim” MCHJ rahbari M.Dadaboev, “Agro produkt eksport” MCHJ boshlig‘i A.Axmadzi, “Gazeltransservis” MCHJ rahbari M.Qurbonboev biznesni boshlash uchun dastlabki qadamlar, bilim va sarmoya haqida so‘z yuritishdi. Tadbirkorlar o‘z biznesini yuritishda erishgan yutuq va yo‘qotishlari haqida so‘zlab, ishtirokchilarga qimmatli maslahatlar berishdi.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati filiali mas’ul xodimlari viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruv kurs talabalari uchun davlat xizmati sohasidagi islohotlar, davlat xizmatchisining ijtimoiy-huquqiy himoyasi, ishga kirishning tenglikka asoslangan ochiq, shaffof tizimi haqida xabardor qilish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi.

Scroll to Top