Flat Preloader Icon Loading...

Talabalar o’rtasida karvin san’ati musobaqasi

TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetidagi 1-sonli Talabalar turar joyida kuzning sarxil mevalaridan karvin san’ati asosida tayyorlangan bezaklar bo’yicha tanlov tashkil etildi.

Talabalar o’rtasida o’tkazilgan tanlovda har bir ishtirokchi o’zlarining mahoratlarini sinovdan o’tkazishib, g’oliblik uchun bellashdilar. Xususan, tanlov yakunida:
1-o’rin – Zarnigor Furqatova (10-22 TMO guruh talabasi) va Zikrillo O’tayev (13-22 EEE guruh talabasi);
2-o’rin – Suxrob Maxmudov (7a-23 MT guruh talabasi) hamda Xikmatoy Ochilovaga (7b-23 MT guruh talabasi) nasib qildi.

Karvin tanlovi san’atsevar talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlarga ulanib ketdi.

Scroll to Top