Flat Preloader Icon Loading...

Tarix sahifalarini o’rganib…

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti tashabbusi bilan Toshkent shahridagi Adiblar xiyoboni, G’afur G’ulom, Abdulla Qodiriy, Oybek uy-muzeyiga hamda “Shahidlar xotirasi” maydoniga sayohat tadbiri tashkillashtirildi.

Adiblar xiyobonidan boshlangan sayohat davomida talabalar o’zbek adabiyotining eng sara ijodkorlari haykallarini tomosha qilish bilan birga, Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag’ishlangan tadbirni ham tomosha qilishdi.

Keyingi manzil G.G’ulom uy-muzeyi bo’ldi. Bu yerda O’zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Vazira Ahmedova tomonidan G’.G’ulomning hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi muzey eksponatlari haqida talabalarga bafurja ma’lumotlar berildi.

A.Qodiriy uy-muzeyidagi sayohat davomida talabalarga adibning nevarasi Xondamir Qodiriy muzey tarixi hamda hayotidagi yorqin xotiralar haqida hikoya qilib berdi.

Vatanimiz ozodligi uchun kurashda jon fido qilgan ziyoli vatandoshlarimiz – Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon va boshqa buyuk jadidchi arboblarimiz xotirasiga bag‘ishlangan “Shahidlar xotirasi” maydoni oxirgi sayohat manzili bo’lib, buyuk bobolarimizning buyuk o‘tmishi hamda yorqin xotiralarini o‘zida mujassamlashtirgan mazkur me’moriy yodgorlik haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

Scroll to Top