Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF Xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

horizhij k rgazma

🔷Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innotexnoparkda 10-13 dekabr kunlari Xitoy xalq respublikasi universitetlarining ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda. Ko‘rgazmada 45 ta Xitoy universitetlarining 83 nafar vakili hamda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirok etishmoqda.

🔷Xitoy universitetlari ko‘rgazmasini tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad XXR universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtirishdir. O‘zbekistonlik yoshlarni XXR universitetlari, jumladan hukumat stipendiyalari, shuningdek, Xitoy universitetlari hisobidan ajratiladigan stipendiyalar orqali o‘qishga jalb etish va qabul qilishga qaratilgan.

🔷Ko‘rgazmada TDTU Olmaliq filiali O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Abdiev boshchiligida filial professor-o‘qituvchilari va magistrlari ishtirok etmoqda.

Scroll to Top