Flat Preloader Icon Loading...

 TDTU OFning navbatdagi Kengashi bo‘lib o‘tdi

bez imeni 2

Bugun TDTU Olmaliq filialining navbatdagi Kengashi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan berilgan ma’lumotlar Kengash a’zolari tomonidan tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasini shakllantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida, tashkilotlar va bitiruvchi kurs talabalarining uchrashuvlarini tashkil etish hamda ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha mutaxassislik kafedralari bo‘yicha holat, 2023-2024 o‘quv yilida amalga oshirilgan sarf-xarajatlar ma`lumoti, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tavsiya etish, dotsent ilmiy unvoniga da’vogar xodimlarning  rasmiy hujjatlari muhokamasi, markaziy OAVlari bilan shartnomalar tuzish  kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Kengash avvalida Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekan o‘rinbosari N.Nosirovga dotsent ilmiy unvoni attestati, Energetika va mashinasozlik fakulteti dekan o‘rinbosari R.Toshmatov va Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Mamirovga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomlari topshirildi.

Talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovi g‘oliblari TDTU Olmaliq filiali talabalari F.Mirusmonova – ilmiy rahbari R.Mirzaaxmedov, D.Jadilova – ilmiy rahbari D.Mirxamitova hamda mazkur tanlovning faol ishtirokchilari O.Husniddinova – ilmiy rahbari T.Jumaqulov, D.Tursunboeva – ilmiy rahbari M.Jumaevga filial rahbariyati va jamoasining tashakkurnomalari topshirildi.

Scroll to Top