Flat Preloader Icon Loading...

Tyutorlar uchun o‘quv seminar

TDTU Olmaliq filiali tyutorlari bilan “Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o‘rni va roli” mavzusida tashkil qilingan o‘quv- seminarida talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan direktor maslahatchisi M.Niyozov va Yоshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Djamiev ishtirok etdi.

Tyutor talabaga o‘quv jarayoni davomida o‘z salohiyatini namoyon qilish, o‘zini yanada yaxshiroq anglash, o‘qish va hayotda to‘g‘ri qaror qabul va tanlashni o‘rgatadi. U talabaga har bir qadam va harakatlarining oqibatlarini anglash, hayotda o‘z qiziqishlarini topishga yordam beradi.

Yаxshi tyutor – bu talabaga yelkadosh murabbiy va mohir konsultantdir. U talabaning kuchli taraflarini, zahiradagi qobiliyatlarini yuzaga chiqarib, kamchiliklari ustida ishlashni o‘rgatadi. O‘quv-seminar davomida mazkur mavzular yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Scroll to Top