Flat Preloader Icon Loading...

Zulfiya – tong kuychisi

zulfiya

🔷O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentning O‘qchi mahallasida tug‘ilgan. Mustaqillik yillarida ibratli hayot kechirgan, keng ijtimoiy faoliyat olib borgan shoira Zulfiya betakror iste’dodi, Vatanga muhabbati, olijanob insoniy fazilatlari, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi xizmatlari uchun yuksak hurmat va e’zozga sazovor bo‘ldi.

🔷O‘zbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini e’tiborga olib, 1999 yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etdi.

🔷Xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati tavalludining 109 yilligi munosabati bilan butun respublikamiz bo’ylab ijodiy uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy kecha o’tkazilmoqda.

🔷Xususan, TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti Matematika va informatika kafedrasi va filial xotin-qizlar kengashi raisi, direktor maslahatchisi H.Xasanova tomonidan «Zulfiya – tong kuychisi» nomli tadbir tashkil etildi.

🔷Tadbir davomida ijodkor talabalar tomonidan tayyorlangan raqslar, shoiraning she’riga bastalangan kuy-qo’shiqlar hamda Zulfiya qalamiga mansub she’riy chiqishlar ishtirokchilarga bir olam zavq ulashdi.

🔷Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Scroll to Top